Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi

18:36 25 Oktyabr 2021 Siyosat
257 0

25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qildilar.

Tojikiston Prezidenti suhbat avvalida Oʻzbekiston yetakchisini davlat rahbari saylovida erishgan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutlab, birodar oʻzbek xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdoning oʻsish surʼatlari, sanoat kooperatsiyasi loyihalari ilgari surilayotgani, avtobuslar qatnovi qayta tiklangani, sogʻliqni saqlash va kinematografiya sohalarida faol aloqalar yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?