Sirdaryo viloyatidan Tojikiston orqali Qoʻqon shahriga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

15:28 11 Avgust 2022 Jamiyat
366 0

Foto: Xalq so‘zi

Tez kunda Tojikiston Respublikasi orqali “Guliston-Qoʻqon” yoʻnalishidagi viloyatlararo yoʻlovchi avtobuslari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Avtobus Guliston shahridan har kuni soat 8:00da joʻnaydi va “Xovosobod” chegara bojxona postidan Tojikiston Respublikasi hududiga oʻtib, qoʻshni davlat yoʻllarida harakatlangan holda Fargʻona viloyatining “Andarxon” chegara bojxona postidan yana Oʻzbekiston hududiga kiradi va Qoʻqon shahriga yetib boradi. Qoʻqondan harakatlanadigan avtobus ham ayni vaqtda va shu yoʻnalishda Guliston shahri tomon yoʻl oladi.

Ushbu xabarni tarqatgan Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining eslatishicha, Tojikiston Respublikasi hududida yoʻlovchilarni tushirish va olish mumkin emas. Shuningdek, yoʻlovchilardan xorijga chiqish pasportini oʻzi bilan birga olishi talab etiladi.

Yoʻnalish masofasi 264,3 kilometrni tashkil etadi. Yoʻlkira 50 ming soʻm atrofida boʻlishi aytilmoqda. Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan boʻlib, yoʻlovchilar 4-5 soat vaqt oraligʻida manzilga yetib borishi kutilmoqda.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер