Tojikiston koronavirus sababli 25 fevraldan Eron bilan aviaaloqani toʻxtatdi

Foto: www.google.com
Tojikiston hukumati huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi Eron bilan aviaaloqani koronavirus tarqalishi sababli vaqtinchalik toʻxtatishga qaror qildi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Nabizoda maʼlum qildi.
“Varesh Airlines (Eron) va “Tajik Eyr” aviakompaniyalariga Eronda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmaguncha 25-fevraldan parvozlarni toʻxtatish buyurilgan”, deb aytgan Nabizoda.
Bungacha Tojikistondan Eronga haftasiga ikkita reys amalga oshirilgan.
Avvalroq yuqoridagi sababga koʻra Armaniston, Turkiya, Afgʻoniston, Pokiston Eron bilan chegaralarni vaqtinchalik yopishga, Turkiya, Iroq va Kuvayt aviaaloqani toʻxtatishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Eronda koronavirus bilan 61 ta kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 12 tasi oʻlim bilan tugagan. Eron hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirganlar borligi haqida ilk bor 19-fevralda maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring