Toshkentning ikki tumanida tadbirkorlarning mulkini oʻzlashtirgan firibgarlar aniqlandi

11:01 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
202 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.G.” MCHJ ombor mudiri A.Z. va taʼminotchisi R.S.lar oʻzlarining moddiy javobgarligidagi 40 276 AQSH dollarlik uyali aloqa vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Mirobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.B.” MCHJ rahbari I.X. “C-T.” MCHJning menejeri S.ning ishonchiga kirib, unga “Moy Agent” tizimi orqali aviachiptalarni sotish bilan shugʻullanishini aytib, “S-G” MCHJga tegishli aviachiptalarni 47 nafar fuqaroga sotib yuborib, jami 161,8 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?