Toshkentlik fuqaro ayolning behayo tasvirlarini internetga tarqatish bilan qoʻrqitib, 50 ming dollar talab qildi

17:15 02 Noyabr 2020 Jamiyat
924 0

Olmazor tumanida 50 000 AQSH dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi va Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. (erkak) fuqaro A.G. ning (ayol) yarim yalangʻoch holda raqsga tushgani olingan video lavhani “internet” saytlari orqali tarqatish va uning oila aʼzolariga koʻrsatib sharmanda qilishi haqida tahdid qilib, evaziga G.N.dan 50 000 AQSH dollari berishni talab qilib, shundan, 6 500 AQSH dollarini tovlamachilik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?