Toshkentga uchib kelgan yoʻlovchilar uchun yangilangan CIP-zal ishga tushirildi

21:07 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
321 0

Poytaxtga yetib kelgan yoʻlovchilar uchun yangilangan CIP-zal Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalining birinchi qavatida joylashgan.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida zalda alohida pasport nazorati kabinalari, yuklarni tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish, bepul WI-FI, 75 oʻrinli yumshoq kreslolar, turli xil ichimliklar mavjud. Bundan tashqari, zalda Duty Free doʻkoni ochilmoqda. Yoʻlovchilar samolyotdan CIP-zalga maxsus qulay avtobuslarda olib kelinadi.

Toshkentga uchib kelgan yoʻlovchilar uchun CIP-zaldan oʻtish narxi 350 000 soʻmni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?