Toshkentga respublikaning boshqa hududlaridan koʻchib kelganlar soni ma`lum bo‘ldi

12:03 13 Avgust 2022 Jamiyat
598 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahriga koʻchib kelish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda

4 170 kishiga kamaygan.

Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni:

— Qoraqalpogʻiston R. – 461 kishi;

— Andijon viloyati – 804 kishi;

— Buxoro viloyati – 1 361 kishi;

— Jizzax viloyati – 628 kishi;

— Qashqadaryo viloyati – 3 039 kishi;

— Navoiy viloyati – 729 kishi;

— Namangan viloyati – 781 kishi;

— Samarqand viloyati – 1 831 kishi;

— Surxondaryo viloyati – 1 389 kishi;

— Sirdaryo viloyati – 527 kishi;

— Toshkent viloyati – 11 881 kishi;

— Fargʻona viloyati – 1 039 kishi;

— Xorazm viloyati – 820 kishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?