Toshkentga navbatdagi yangi metro vagonlari yetib keldi

16:38 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
223 0

Bugun Rossiyaning “Transmashxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” AJ 20 ta zamonaviy metro vagonlarini ishlab chiqarib (81-765.5/766.5/767.5 seriyali) Toshkentga joʻnatdi va shu bilan “Toshkent metropoliteni” oldidagi shartnoma majburiyatlarini toʻliq bajardi.

Yuborilgan vagonlardan Toshkentda toʻrtta vagonli 5 metro poyezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikatsiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari yetkazilishi bilan “Toshkent metropoliteni”da zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, yaʼni 15 ta toʻrt vagonli poyezdlarni tashkil etadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?