Toshkentdan Turkistonga muntazam aviareyslar qoʻyiladi

18:57 10 Iyun 2021 Iqtisodiyot
287 0

Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston aviatsiya maʼmuriyatlarining 2021-yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat oʻrtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat oʻrtasida yangi muntazam reyslar yoʻlga qoʻyiladi, jumladan:

Samarqand—Olmaota—Samarqand yoʻnalishida Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi;

Turkiston—Toshkent—Turkiston yoʻnalishida Air Astana aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi Fly Arystan aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.

Ikki davlat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent—Olmaota yoʻnalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent—Nur-Sulton yoʻnalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yoʻlovchi qatnovlari bajarilmoqda.

Shuningdek, Uzbekistan Airways va SCAT Airlines aviakompaniyalarining har biri tomonidan Urganch—Aqtau–Urganch (haftasiga 2-marta) yoʻnalishida hamda SCAT Airlines aviakompaniyasi tomonidan Aqtau—Nukus—Aqtau (haftasiga 1-marta) yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?