Toshkentdagi “Qoʻyliq” bozori hududi yoʻl oʻtkazgich qurilishi sabab davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga ruxsat berildi

13:09 24 Iyun 2022 Jamiyat
425 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi Jahongir Ortiqxoʻjayevning 22-iyunda imzolagan qarori) bilan “Qoʻyliq” dehqon bozori va “Qoʻyliq” universal savdo majmuasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi maxsus farmoyishi bilan “Fargʻona yoʻli” koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi Toshkent halqa avtomobil yoʻliga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yoʻl oʻtkazgichlar qurish taklifiga rozilik berilgan.

Shu maqsadda Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yoʻli boʻylab joylashgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlariga oʻrnatilgan tartibda kompensatsiya berilganidan soʻng, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер