Toshkentdagi onkologiya markaziga yangi zamonaviy bino qurilmoqda

20:18 23 Noyabr 2022 Jamiyat
496 0

Foto: Illustrativ foto

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar koʻchasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Ushbu bilan Markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.

Yangi kompleks tarkibiga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent sh. Farobiy koʻchasi, 383-uy), markazning poytaxt filiali (Toshkent sh. Bogʻiston koʻchasi, 1/71-uy) hamda markazning Toshkent viloyati filiali (Toshkent sh. Taxtapul darvoza koʻchasi, 341-uy) kiradi.

Shunga koʻra, tegishli hukumat qaroriga muvofiq, shifoxonalarning mavjud bino inshootlari hududi bilan Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621) tomonidan yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyilgan.

Bu toʻgʻrisida “E-auksion” elektron savdo platformasida lotning “muhim maʼlumotlar” qismida keltirilgan.

Ushbu tajriba Geologiya fanlari universiteti (Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda Davlat geologiya muzeyini bir joyga birlashtirgan) hamda Davlat geologiya qoʻmitasi maʼmuriy binosini qurishda samarali qoʻllanilgan.

Maʼlumot uchun:

Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy maʼlumotiga koʻra, Yangi kompleks 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Yangi kompleks ishga tushganidan soʻng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni koʻchirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida gʻolib boʻlgan tadbirkorga yangi kompleksga koʻchish ishlari toʻliq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday ishlarni boshlamasligi majburiyati yuklanadi.

Yangi kompleksda 17 ta yangi klinik boʻlim faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak koʻmigi transplantatsiyasi boʻlimi ochiladi.

Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng soʻnggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Intensiv terapiya boʻlimi yurak monitorlari, oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega boʻladi.

Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi.

Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida toʻxtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning oʻrnini toʻldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.

Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi. Muassasa ishga tushganga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi hamda ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 80 million AQSH dollari ajratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер