Toshkentdagi oltita koʻcha taroveh namozlari vaqtida transport harakati uchun toʻliq yopiladi

09:42 12 Aprel 2021 Jamiyat
884 0

Toshkent shahrida taroveh namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida (13-apreldan 12-mayga qadar) — soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun yopiladi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Jumladan,

Lutfiy koʻchasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq boʻladi) — Katta Qaʼni koʻchasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa koʻchasi bilan kesishgan yoʻlgacha (“Abdulloh ibn Masʼud” masjidi);

Koʻkcha Darvoza koʻchasi — Beshqayragʻoch koʻchasidan Nurafshon aylanma koʻchasigacha (“Shayx Zayniddin” (Koʻkcha) jome masjidi);
Keles yoʻli — Noraztepa koʻchasidan Gulsaroy koʻchasigacha (“Doʻstjonboy ota” jome masjidi);

Kamolon koʻchasi — Samarqand darvoza koʻchasidan Bunyodkor shoh koʻchasigacha (“Xoʻja Alambardor” (Kamolon) jome masjidi);

Al-Xorazmiy koʻchasi — Katta Qaʼni koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasigacha (“Ubay ibn Kaʼb” (Boʻrijar, Ilonlik ota) jome masjidi);
Qoraqamish-3 koʻchasi — Qoraqamish-1 koʻchasidan Keles yoʻligacha (“Siroj-solih” jome masjidi) yopiladi.

“Holatga qarab, namozxonlar soni koʻpayib ketgan taqdirda, masjidlarga tutashgan boshqa yoʻllar ham yopilishi mumkin”,  deyiladi bosh boshqarma axborotida. 

Shahar rasmiylari haydovchilardan taroveh namozlari vaqtida masjidlar atrofidagi koʻchalarni chetlab oʻtishni iltimos qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?