Toshkentdagi maktablardan birida IIB xodimlari oʻquvchilarning sochini majburiy tekshirmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ichki ishlar xodimlari ishtirokida odob-axloqqa doir boʻlib oʻtgan suhbat notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Voqeaga Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Xususan, 10-sentyabr kuni darsdan soʻng, maktabning maʼnaviyat xonasiga taʼlim muassasasi direktori M.Maraimova, maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari V.Xusanova hamda sinf rahbarlari birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorining 3-bobida keltirilgan talablariga rioya qilmagan (odob-axloq qoidalari, taʼlim dargohida oʻzini tutish tartiblarini buzgan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan ) yuqori sinf yigitlari taklif etilgan. Xonada inspektor-psixolog tomonidan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari orasida “Tigʻ” tadbiri ham oʻtkazilgan.
Tadbir chogʻida oʻquvchining maktab sumkasidan qaychi topilgan. Topilgan qaychi inspektor-psixolog tomonidan barcha oʻquvchilarga namoyish qilingan holda, bunday kanselyariya qaychisi oʻziga moʻljallangan maxsus gʻilofda olib kelinishi kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan, xolos.
Afsuski, buni ayrim oʻquvchilarning ota-onasi notoʻgʻri talqin etib, ijtimoiy tarmoqlarda foto va videolarni joylaganligi maʼlum boʻldi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring