Toshkentdagi LED ekranli reklamalarning 90 foizidan koʻpi meʼyordan ortiq yorugʻlik tarqatishi aniqlandi

09:43 17 May 2024 Jamiyat
260 0

Yaqin 2 oy davomida Toshkent shahridagi barcha yorugʻlik diodli (LED) ekranlardagi tashqi reklama obyektlarining yorugʻlik darajasi meʼyorga keltiriladi. Bu haqda shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Tashqi reklama loyiha ofisi rahbari Alixon Ahmadjonov maʼlum qildi.

Unga koʻra, hokimlikka aholi va shahar mehmonlari tomonidan shahar hududiga oʻrnatilgan LED ekranlardagi reklamalarning yorqinlik darajasi yuqoriligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu sababli hozirda ushbu ekranlarni masofadan turib yorugʻlik oʻlchash uskunalari orqali tekshirish boshlangan. 

“Yorugʻlikni meʼyorga keltirish jarayoni boshlanganda biz shunaqa holatlarni koʻrdikki, ayrim LED ekranlarning yorugʻlik darajasi tunning qorongʻu vaqtida meʼyoridan 50 baravargacha yuqori darajada boʻlgan. Shaharsozlik normalarida tungi vaqtda yorugʻik diodli monitorlarning maksimal yorugʻlik darajasi 100 kandel / kv.m etib koʻrsatilgan. Va biz hozirgi monitorlarni joyiga chiqqan holda oʻlchab, shu 100 kandel / kv.m daraja meʼyorgacha keltirish ishlarini olib bormoqdamiz”, deydi Alixon Ahmadjonov.

Dastlabki oʻrganish natijasida shahardagi ekranlarning 90 foizdan koʻp qismi meʼyordan yuqori yorugʻlik tarqatishi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер