Toshkentdagi koʻp qavatli uyda yongʻin yuz berdi. Oqibatda toʻshakda yotgan fuqaro qurbon boʻlgan
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi koʻp qavatli uy xonadonlaridan birida yuz bergan yongʻin oqibatida bir nafar fuqaro halok boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 31-oktyabr kuni soat 02:13 da Toshkent shahar Olmazor tumani Chinobod MFY Sagʻbon 30-berk koʻchasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻin qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida xonadonning taxminan 10 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangani va xonadonda yashovchi 1950-yilda tugʻilgan fuqaro halok boʻlgani aniqlangan.
Oila aʼzolarining soʻzlariga koʻra, 1950-yilda tugʻilgan fuqaro insult kasalligiga uchragani va shu sababli harakatlana olmaganligi uchun oxirgi yillari oila aʼzolari nazoratida yotoq holatida boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida halok boʻlgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish natijasida, yongʻin sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻrab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jizzax archazorlari sayyohlarni maftun etmoqda
- NAUKA 0+ xalqaro festivali 2 va 3-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladi
- Samarqandda erkak oʻzini yuk mashinasi ostiga tashlab, joniga qasd qildi
- Ziyoratgohdan taralgan ziyo
- Hamon yodimdasiz
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tashkil topganining 75 yilligi bo‘lib o‘tdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring