Toshkentdagi koʻcha chiroqlari sarfini kamaytirish hisobiga oyiga qoʻshimcha 4 400 ta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin

20:39 23 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
709 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 16-noyabridan boshlab koʻcha yoritish tarmoqlarida qoʻshimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etildi.

Bu kunlik elektr energiyasi sarfini 25 foizga kamaytirdi yoki oktyabr oyida oʻrtacha kunlik isteʼmoli 115,9 ming kVt-soat boʻlsa, noyabr oyida bu koʻrsatkich 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi. Natijada kuniga 28 100 kVt-soat yoki oyiga 843 000 kVt-soat elektr energiyasi tejaladi.

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning oʻrtacha bir oylik isteʼmolini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?