Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy koʻchasining bir qismi ketma-ket 6 kecha yopiladi

17:47 21 May 2024 Jamiyat
266 0

Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining, shuningdek, Qorasaroy koʻchasining bir qismi 21−26-may kechasi (soat 22:00 dan 6:00 ga qadar) taʼmirlash ishlari tufayli yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholining iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yoʻllarini obodonlashtirish zarurati aniqlangan. Shu munosabat bilan taʼmirlash jarayonlari 2 kechadan 6 kechagacha uzaytirilgan. 

Yopiladigan qismlar:

    •  Qorasaroy koʻchasi — Nurafshon koʻchasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan kesishmasigacha;
    •  Kichik halqa avtomobil yoʻli — Nurafshon koʻchasi bilan kesishmasidan Qorasaroy koʻchasi bilan kesishmasigacha.

“Ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun jalb qilingan xizmatlar xodimlari kechayu-kunduz ishlaydi. Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanish soʻraldi”,  deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер