Toshkentdagi bir qator koʻchalar vaqtincha yopiladi
Foto: Toshkent shahri hokimligi
Joriy yilning 6, 7 va 8-sentyabr kunlari Oʻzbekiston milliy kutubxonasi hamda “Hyatt” mehmonxonasiga tutash maydonda yirik koʻngilochar tadbir boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim koʻchalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash maqsadida tadbir oʻtkaziladigan kunlari qator hududlar mashinalar harakati uchun yopiladi:
- Istiqlol koʻchasida — Buyuk Turon va Amir Temur koʻchalari oraligʻi;
- Buyuk Turon koʻchasida — Istiqlol va Alisher Navoiy koʻchalari oraligʻi;
- Zarafshon koʻchasida — Istiqlol va Alisher Navoiy koʻchalari oraligʻi.
Hokimlik haydovchilarga shu kunlarda aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring