Toshkentdagi avtoservisda yongʻin sodir boʻldi. 3 ta avtomobil yonib ketdi

14:34 11 Iyun 2024 Jamiyat
246 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan avtoservisda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da oʻchirilgan.

Aniqlik kiritilishicha, yongʻin oqibatida avtoservisning ichki qismi va uning ichida boʻlgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan. Hozirda hodisaning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shahar FVB shuningdek, alanga oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmaganini qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер