Toshkentda kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

10:38 11 Avgust 2022 Jamiyat
238 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bank muassasasidan 600 mln soʻm kredit olib berishi evaziga 3 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?