Toshkentda jamoat transporti harakati uchun alohida yoʻlak ajratish taklif qilindi

08:25 10 May 2020 Jamiyat
1049 0

foto by: Google

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Jamoat transport vositalari harakati uchun yoʻlning alohida yoʻlagini ajratish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent shahrida tirbandliklar koʻp boʻlishini hisobga olib, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlari, xususan, avtobuslar va yoʻnalishli taksilar uchun yoʻlning alohida malum bir boʻlagini ajratish lozim.

Shuningdek petitsiyada kunning tigʻiz vaqtida (chaspik) ushbu boʻlakda harakatlanayotgan yengil turdagi avtomobillarga avtobus uchun yoʻl berish majburiyatini yuklash va buni DYHXX xodimlari yordamida tartibga solish taklif qilingan.

"Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transport vositalari harakati uchun yoʻlning alohida yoʻlagini ajratishni taklif qilamiz”, deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?