Toshkentda yonma-yon turgan 2 ta mashina yonib ketdi

13:09 06 May 2025 Jamiyat
228 0

Foto: Toshkent shahar FVB

Toshkent shahri Yashnabod tumanida “Damas” va “Cobalt” rusumli avtomobillar yonib ketdi. Poytaxt FVB axborot xizmati mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, voqea bugun, 6-may kuni Yashnabod tumani Sodiq Azimov koʻchasida sodir boʻlgan. Avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga soat 12:22 da xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:28 da yetib borib, 12:32 da toʻliq oʻchirgan.

Manzilda “Damas” butunlay, “Cobalt” esa deyarli toʻliq yonib zararlangan.

“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq”, deb yozadi FVB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi savdo markazlaridan birida yirik yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер