Toshkentda yana YTH. Bu safar 5 ta avtomobil toʻqnashdi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 13-yanvar kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Foziltepa koʻchasida haydovchi, 1999-yilda tugʻilgan I.F. «Matiz» rusumli avtomobilda harakatlanayotib oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida, ushbu koʻchada joylashgan “Bogʻishamol” istirohat bogʻi roʻparasida, svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan X.R. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobilga urilgan. Zarb oqibatida «Damas» oʻzidan oldinda toʻxtab turgan haydovchi, 1988-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvidagi «Matiz»ga, zarb oqibatida «Matiz» oʻzidan oldinda toʻxtab turgan haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan Sh.Ya. boshqaruvidagi yana bir «Matiz»ga, ushbu «Matiz» esa zarb oqibatida oʻzidan oldinda toʻxtab turgan haydovchi, 1978-yilda tugʻilgan Sh.I. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli transport vositasining orqa tomoniga toʻqnashgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH natijasida masofa saqlamagan «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli I.F. va «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli X.R.larga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Biroz oldin Toshkentda uch mashina ishtirokida YTH sodir boʻlgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring