Toshkentda yana bir koʻcha vaqtinchaga yopiladi

21:53 25 Iyun 2020 Jamiyat
758 0

25-iyun kuni soat 22:00 dan 26-iyun kuni soat 08:00 ga qadar Amir Temur shoh koʻchasining Shahriston koʻchasidan Amir Temur shoh koʻchasi, Yangi shahar va Rixsili koʻchalari kesishmasidagi aylanma harakat yoʻligacha boʻlgan qismida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu jarayonda mazkur yoʻnalishda yoʻl qatnov qismining faqat bitta harakatlanish chizigʻi avtomobillar uchun ochiq boʻladi.

"Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yoʻllardan harakatlanishlarini tavsiya qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?