Toshkentda yana 2 ta saralash va taqsimlash markazi yopildi

17:40 09 Dekabr 2020 Jamiyat
858 0

Toshkent shahrida epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotgani inobatga olinib, koronavirusga chalingan va gumon qilingan bemorlarga muolaja uzluksizligini taʼminlash va infeksiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan kuchlarning tarqoqligiga barham berish maqsadida Yunusobod tumanidagi «Oʻzekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markaziga va “Universal” sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish toʻxtatildi.

Bu muassasalarda davolanayotgan bemorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonalariga koʻchiriladi. Ushbu vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan mehnat shartnomalari tegishli tartibda bekor qilinib, ular avvalgi ish joylariga qaytariladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirda mamlakatimizda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani tufayli koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shugʻullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер