Toshkentda vaksina tashish uchun moʻljallangan “Changan” rusumli avtomobillar toʻqnashib ketdi. Rasmiy maʼlumot berildi

14:28 23 Fevral 2021 Jamiyat
264 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 23-fevral kuni soat 11:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur koʻchalari kesishgan chorraha yaqinida, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan “Changan” rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobillar ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir boʻlish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?