Toshkentda vagonlarni taʼmirlash deposiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda, “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi haydovchisi A.U. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro N.ni tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli 1-sonli vagonlarni taʼmirlash deposiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Xuddi shunday, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ vagon restorani menejeri E.A. ham fuqaro M.ni tanishlari yordamida maxsus vagonga tozalovchi vazifasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring