Toshkentda uch mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Poytaxtda boshqaruvni yoʻqotgan «Malibu» haydovchisi toʻxtab turgan ikki «Lasetti»ga urildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 13-yanvar kuni soat 10:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov koʻchasida haydovchi, 2000-yilda tugʻilgan B.M. «Malibu» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu koʻchada joylashgan "Mebel House“ roʻparasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetida toʻxtab turgan haydovchi, 1989-yilda tugʻilgan A.S. boshqaruvidagi «Lasetti» va haydovchi, 1988-yilda tugʻilgan A.Yu. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli transport vositalariga urilib, «Malibu» avtomobili agʻdarilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir boʻlish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring