Toshkentda tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektorlarini mast erkak pichoq bilan quvladi

10:29 15 Avgust 2022 Jamiyat
543 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 13-avgust kuni soat 23.00 da tungi xizmatda boʻlgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga koʻra, xonadonlarning biriga borishgan.

Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib, quvib yurganini koʻrishgan va uni tinchlantirmoqchi boʻlishgan.

Biroq, mahkum ularga faol qarshilik koʻrsatgan va bu jarayonga uning turmush oʻrtogʻi hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichogʻini olib chiqib, ikkala qoʻli bilak sohasini kesib oʻziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qoʻshimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?