Toshkentda “Toshkent suvenirlari” koʻrgazma savdosi oʻtkaziladi

15:56 10 Avgust 2022 Jamiyat
400 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 19-21-avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh koʻchasida “Toshkent suvenirlari” koʻrgazma savdosi oʻtkaziladi. Bu haqda “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan oʻzlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va oʻzlari bu jarayonda bevocita ishtirok etishlari, shuningdek boy koʻngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin.

Koʻrgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar , xalq amaliy sanʼati ustalari mahorat darslari bilan ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?