Toshkentda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

07:31 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
216 0

Foto: Arxiv surat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.G.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 790 mln soʻmlik 510 dona eshik-rom va uning jihozlarini sotib yuborib, tadbirkorning juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?