Toshkentda tadbirkorning 537,2 mln soʻmini oʻzlashtirgan firibgar ushlandi

11:12 16 Avgust 2022 Jamiyat
229 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.E. joriy yilning aprel oyida “S” MCHJga qarashli doʻkon sotuvchisining ishonchiga kirib, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 537,2 mln soʻmlik 111 dona “Everel W1870” nomli isitish qozonlarini 10 kun muddat ichida toʻlab berish sharti bilan olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?