Toshkentda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

02:23 26 Mart 2023 Jamiyat
687 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro “S.G.” MCHJ bosh hisobchisi Ye.K. tijorat banki filialidan bank-kliyent dasturidan foydalanish uchun ushbu MCHJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qoʻshimcha 3,9 mlrd soʻmini oʻziga avans sifatida hisoblab, bank plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?