Toshkentda tadbirkorning 285 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirgan firibgarlar ushlandi

Foto: Illustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar S.S. va G.A.lar yakka tartibdagi tadbirkorlar B.K. va M.M.ga tegishli qurilish ishlarida qoʻllaniladigan yangi metalldan ishlangan umumiy bahosi 285 mln soʻmlik qoliplarni (opalubka) ijaraga olishib, ijara pullarini bermasdan, qoliplarni boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring