Toshkentda start oladigan erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomi eʼlon qilindi

13:21 17 Aprel 2023 Sport
944 0

Xalqaro boks assotsiatsiyasi yana bir necha kundan soʻng Toshkentda start oladigan erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomini eʼlon qildi. 

Unga koʻra, boʻlajak musobaqada 2021-yil Serbiyada oʻtgan dunyo birinchiligida gʻalaba qozongan quyidagi 7 bokschi chempionlik titulini himoya qiladi:

-51 kg: Saken Bibossinov (Qozogʻiston)

-54 kg: Tomoya Suboi (Yaponiya)

-60 kg: Sofyan Omixa (Fransiya)

-67 kg: Sevon Okazava (Yaponiya)

-75 kg: Yeonlis Ernandes (Kuba)

-86 kg: Loren Alfonso (Ozarbayjon)

-92 kg: Xulio La Kruz (Kuba).

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati 30-aprel - 14-may kunlari poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?