Toshkentda SHHTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning harbiy orkestrlari ishtirokida xalqaro festival boʻlib oʻtadi

14:19 19 Avgust 2022 Jamiyat
569 0

Foto: president.uz

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yoʻldoshev maʼlum qildi.

Festival dasturiga koʻra, 22-avgust kuni soat 19.00 dan 20.30 gacha Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar harbiy orkestrlarining koʻrgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etiladi.

Shuningdek, festivalda vatanparvarlik, mardlik va shijoatni madh etuvchi maftunkor navolari ijrosidagi jahonning mumtoz asarlari, betakror repertuarlar bilan boyitilgan estrada va jaz musiqalari, koʻrgazmali harbiy saf repertuarlari namoyish etiladi.

Festivalning tantanali yopilish marosimiga bagʻishlangan barcha harbiy orkestrlar ishtirokidagi “Tinchlik navosi” nomli xalqaro festivalning yakuniy gala-konserti – 24-avgust kuni soat 13.00 dan boshlab poytaxtimizdagi “XUMO” arena muz saroyi maydonida boʻlib oʻtadi.

Konsert dasturlarining oʻtkazilish joyi bilan quyidagi havolada tanishing.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?