Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining beshinchi yigʻilishi boshlandi

13:17 08 Iyun 2022 Jamiyat
2166 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi raisligida ham oflayn, ham onlayn formatda oʻtkazilmoqda.

Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev va SHHT Bosh kotibi Chjan Min soʻzga chiqib, qatnashchilarni bugungi nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutladi.

Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, yigʻilishda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari M.Shoranov, Hindiston sogʻliqni saqlash va oila farovonligi vaziri oʻrinbosari Radjesh Bxushan, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi rahbari Ma Syaovey, Qirgʻiz Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi J.Kasimbekov, Pokiston Islom Respublikasi Milliy sogʻliqni saqlash xizmatlari, tartibga solish va muvofiqlashtirish vazirligining maxsus kotibi Iftixor Ali Shalvoniy soʻzga chiqdi.

Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vaziri M.Murashko, Tojikiston sogʻliqni saqlash vaziri J.Abdullozoda oʻz chiqishlarida tashkilot oldida sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish vazifasi turganini taʼkidlab, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?