Toshkentda SHHT Samarqand sammiti yakunlari boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi

22:56 27 Sentyabr 2022 Siyosat
1103 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yil 29-sentyabr kuni Toshkent shahrida gibrid formatda “SHHT Samarqand sammiti: Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror rivojlanishga qoʻshilgan hissa” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bilan hamkorlikda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi koʻmagida tashkil etilmoqda.

Anjumanda SHHTga aʼzo, shuningdek, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya singari bir qator uzoq xorij davlatlari ekspert va tahliliy doiralarining 30 dan ortiq taniqli vakilini jamlash rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?