Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi boʻlib oʻtdi — fotoreportaj

12:02 19 Avgust 2022 Siyosat
774 0

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Shu yilning 18-19-avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi boʻlib oʻtdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Unda tashkilotga aʼzo 8 ta davlat, xususan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston toʻgʻridan-toʻgʻri, Hindiston va Xitoyning yetakchi xotin-qizlari esa onlayn tarzda ishtirok etdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish soʻzi bilan ochar ekan, SHHT oʻtgan 21 yil davomida uzoq evolyutsion yoʻlni bosib oʻtganini, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish masalalarida samarali tuzilma sifatida oʻzini namoyon qilganini, tashkilotning xalqaro maydondagi roli va oʻrni ortib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlarining tashabbuslari, xotin-qizlar harakati va tashkilotlarining faol ishtiroki tufayli keyingi yillarda SHHT doirasida ayollar hamkorlik imkoniyatlari yanada kengaydi. Ularning faol muloqoti, shu jumladan, SHHT Xotin-qizlar forumi yoʻlga qoʻyildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan keyingi yillarda ayollar teng huquqliligi, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi toʻlaqonli ishtiroki mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi hamda SHHTga aʼzo davlatlarda jamiyatni demokratlashtirish va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti sifatida qaralayotgani qayd etildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonda ham soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu boradagi saʼy-harakatlar yanada jadallashdi. Xususan, mamlakatda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat eʼtiboridan chetda qolmaydi” degan qatʼiy tamoyil asosida barcha sohalarda tashkil etildi. Jumladan, 40 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar (2 ta qonun, 36 ta Prezident farmon va qarorlari hamda hukumat qarorlari) qabul qilindi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston BMT bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti” platformasini yoʻlga qoʻydi. Natijada mintaqada xotin-qizlar oʻrtasida hamkorlik aloqalari kuchaytirilib, chinakam doʻstlik rishtalari oʻrnatildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Qayd etilganidek, forum Barqaror rivojlanish maqsadlaridagi eng muhim yoʻnalishlardan biri, yaʼni gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha SHHT davlatlarining oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish, tashkilotga aʼzo davlatlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Anjumanda maʼruzachilar tashkilotga aʼzo davlatlarning bu kabi oʻzaro aloqalari ayollarning SHHT faoliyatida munosib ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Forum beshta sessiya doirasida oʻz ishini davom ettiradi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/ “Xalq soʻzi”

Yakunda birgalikdagi saʼy-harakatlarni yanada faollashtirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, oʻzaro munosabatlarni kengaytirishda xotin-qizlar salohiyatini safarbar etish, mamlakatlar va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlik, SHHT makonida insonparvarlik gʻoyalarini mustahkamlashga asos boʻluvchi qoʻshma kommyunike qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?