Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi

17:41 19 Yanvar 2021 Jamiyat
4351 0

Sergeli bekatining uchinchi yoʻlida turgan vagon ustiga selfiga tushish maqsadida chiqqan endigina 19 yoshni qarshilagan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi yuqori kuchlanishli tok urishi natijasida jarohatlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bolani rasm tushayotganda 27 ming volt tok urgan. U tez tibbiy yordam mashinasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining jonlantirish boʻlimiga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, tarbiyalanuvchini tanasining 93 foizi kuygan.
Shuningdek uchinchi darajali bosh miya yopiq jarohati tashxisi qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?