Toshkentda roʻy bergan YTH oqibatida yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi. Jarohatlanganlar bor

Bugun “ISUZU” rusumidagi avtobus va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Ushbu hodisa yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy maʼlumot berdi.
«Joriy yilning 7-may kuni soat 11:15 atrofida, «12-Avtobus saroyi» MCHJ tasarrufidagi, saroy raqami 287 boʻlgan, 130-sonli avtobus yoʻnalishida harakatlanuvchi “ISUZU” rusumli avtobus Nilufar 3-tor koʻchasi boʻylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahasida "Matiz" rusumli yengil avtomobil avtobusni chap tomoniga kelib urilgan. Natijada avtobus muvozanatni yoʻqotib agʻdarilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻl transport hodisasi "Matiz" haydovchisining yoʻl harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir boʻlgan. Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtobusning toʻrt nafar yoʻlovchisiga tan jarohati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi qatnashchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan» deyiladi AJ axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring