Toshkentda retro avtomobillar marshi boʻlib oʻtadi

10:30 04 May 2021 Jamiyat
523 0

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan xabar qilinishicha, 4 – 7-may kunlari Toshkent shahri koʻchalari boʻylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning toʻxtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi. Retro mashinalar marshining toʻxtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi:

4-may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulugʻbek bogʻi – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “Gʻalaba bogʻi” – Mudofaa vazirligi yoʻnalishlarida harakat qiladi. Toʻxtash joylari: M.Ulugʻbek bogʻi va “Gʻalaba bogʻi”;

5-may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirgʻali bozori – Mudofaa vazirligi yoʻnalishlarida harakat qiladi. Toʻxtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sirgʻali bozori va “Ashxobod” bogʻi;

6-may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish koʻchasi, Megaplanet – Yunusobod koʻchasi Korzinka savdo markazi –Mudofaa vazirligi yoʻnalishlarida harakat qiladi. Toʻxtash joylari: “EKO” bozori, Megaplanet va Korzinka savdo markazi;

7-may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – "Toshkent siti" – Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yoʻnalishlarida harakat qiladi. Toʻxtash joylari: "Toshkent siti", Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi va Chilonzor dehqon bozori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?