Toshkentda “Remdesivir” nomli dori vositasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:37 07 Avgust 2021 Jamiyat
679 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.Q va A.Xlar pandemiya sharoitida aholining isteʼmol talabi yuqori boʻlgan dori vositalarini qimmat narxlarda oʻtkazish orqali daromad orttirishni koʻzlab, xorijda ishlab chiqarilgan “Remdesivir” nomli dori vositasini har bir donasini 640 ming soʻmdan hisoblab, jami 120 donasini 76,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga tegishli avtomashinada yana 30 dona “Remdesivir” dori vositalari borligi aniqlanib, jami 101,6 mln soʻmlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?