Toshkentda qoʻshni davlat institutiga oʻqishga kiritib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

07:28 29 Iyun 2022 Jamiyat
371 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.J. boshqa bir fuqaro J.dan tanishlari orqali Tojikiston Respublikasidagi Pedagogika institutiga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga 2-bosqichdan koʻchirtirib berish evaziga 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер