Toshkentda qizining shaʼnini pullamoqchi boʻlgan ona qoʻlga olindi

12:26 18 Mart 2021 Jamiyat
815 0

Chilonzor tumani boʻyicha IIO FMB boshligʻi nomiga 46 yoshli fuqaro Shavkat U. ariza bilan murojaat qilib, unda 45 yoshli Zulfiya A. qizi Madina R. bilan uning oʻgʻli Doston U. oʻrtasidagi sir saqlanishi lozim boʻlgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga 600 AQSH dollar pul talab qilib, 480 AQSH dollar va 1 050 000 soʻm pullarni tovlamachilik yoʻli bilan olganidan soʻng yana unga 500 AQSH dollar berishini talab qilganini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng 2021-yilning 15-mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati oldida Zulfiya A. qizi Madina R. bilan ushbu pullarni Shavkat U.dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Zulfiya A. va Madina R.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?