Toshkentda oziq-ovqat doʻkoni yonib ketdi

18:11 14 Yanvar 2022 Jamiyat
348 0

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Joriy yilning 14-yanvar kuni soat 09:02 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Olmazor tumani Qoraqamish-3 koʻchasida joylashgan oziq-ovqat doʻkonida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, soat 09:06 da 3 ta oʻt oʻchirish-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 09:06 da yetib kelgan, yongʻin soat 09:24 da oʻchirilgan.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin oqibatida doʻkonning 80 kvadrat metrga yaqin maydoni: tomi, shifti va ichki qismi zarar koʻrgan. Halok boʻlganlar va qurbonlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻraydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?