Toshkentda oʻzboshimchalik bilan qoʻporib tashlangan daraxtlar oʻrniga yangi koʻchatlar ekildi

Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi Sputnik-4 mavzesi 40-b uy oldida daraxtlar qoʻporib tashlanayotganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmatining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, qisqa vaqt ichida aholi shu masala boʻyicha tegishli idoralarga murojaat bilan ham chiqqan.
Tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda ushbu hududda jami 14 dona har xil turdagi daraxt hech qanday ruxsatnomasiz ildiz qismidan qoʻporilgani aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan daraxtlar “TOSHKENT INDUSTRIAL EXPORT CENTER” qurilish maydoniga olib kirilgan, 6 dona daraxt koʻchirib oʻtqazilgan.
Holat yuzasidan oʻsimlik dunyosiga jami 151 million 194 ming soʻm zarar yetkazilgan. Toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Hozirda Yangihayot tumani hokimi topshirigʻiga asosan, hududga 20 dan ortiq yangi koʻchat ekilgan. Koʻchirib oʻtkazilgan daraxtlar esa parvarishlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring