Toshkentda oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

16:31 10 Avgust 2022 Jamiyat
197 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetning kabinet mudiri vazifasida ishlovchi S.M. fuqaro Sh.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali universitetning 2-mutaxassisligiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.A. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universitetining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan DXXning Xorazm viloyat boshqarmasi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro S.I. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?