Toshkentda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

11:19 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
310 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.R. 2 nafar fuqaroni goʻyoki “S.R.» MCHJ yordamida 9 600 AQSH dollari evaziga qoʻshni Tojikiston Respublikasidagi universitetning 1-kursini taʼmomlaganligi haqida soxta hujjat tayyorlab berish orqali Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga 2-kursiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori oʻrinbosari J.T., fuqaro Sh.ni ushbu texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshloq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, 2-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yoshlar yetakchisi R.X. va talaba M.K. fuqaro I.ni tanishlari yordamida ushbu texnikumga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?