Toshkentda oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishni koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:19 05 Avgust 2022 Jamiyat
296 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.I. fuqaro Gʻ.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, ushbu institut katta oʻqituvchisi B.M. fuqaro Z.I.dan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.Oʻ. fuqaro I.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berishni 1 500 AQSH dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, qolgan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер